Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti O‘zbekistondagi islohotlarni qayd etdi

05.04.2019

2019-yil 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Yanatul Islam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yanatul Islam bilan birga, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Azizxon Xonxo‘jaev, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov hamda vazirlikning boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonning makroiqtisodiy holati hamda uning mehnat organlari, rasmiy va norasmiy bandlik sohalari rivojidagi o‘rni va ahamiyati xususida fikr almashdi. XMT eksperti so‘nggi yillar O‘zbekistonda kuzatilayotgan islohotlar, shu jumladan, mehnat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan sezilarli o‘zgarishlarni qayd etib, bu boradagi ko‘rsatkichlar 2030-yilga qadar o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichga olib chiqilishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra XMT eksperti tomonidan tayyorlanadigan makroiqtisodiy vaziyat tahliliga bag‘ishlangan hisobot orqali O‘zbekistonda mehnat sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

1 (3)

2 (3)

5 (2)