XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI A’ZOLARI, VAZIRLIK VA MUTASADDI TASHKILOT RAHBARLARI ISHTIROKIDA ONLAYN FORMATDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

26.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha Xalq demokratik partiyasi a’zolari, vazirlik va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida onlayn formatda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov qatnashdi.

Yig‘ilish davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.