«Xalq banki»ning uch xodimi daxshatli halokat qurboni bo‘ldi" mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda «Xalq banki»ning uch xodimi dahshatli halokat qurboni bo‘ldi. Ular shanba kuni ishlashga majburlangan…mi?" mazmunidagi xabar https://t.me/mehnatvazirligi/7989 tarqalgan.
Mazkur holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 8-noyabrdagi 407-ICh-sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan to‘liq o‘rganildi.
Ushbu vaziyat mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisa deb topildi va jabrlanuvchilarning har biriga N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi nomiga va AT “Xalq banki” Navoiy viloyati filialiga yozma ko‘rsatma kiritildi.
Maxsus tekshirish materiallari Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborildi.