Banlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanovning Namangan viloyatiga tashrifi

03.04.2020

Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini joylarda tashkil etish va amaliy yordam berish yuzasidan Banlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov Namangan viloyatining Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Kosonsoy tumanlarida bo‘ldi.

photo_2020-04-01_08-40-37

Bu yerda kam ta'minlangan (kambag‘al), yosh oilalar, chetga ketish istagida bo‘lgan mehnat migrantlarni va band bo‘lmagan fuqarolar bandligini ta'minlash hamda aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanish orqali ularning daromad manbalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish maqsadida Pop tumanida 400 ta, Kosonsoyda 250 ta To‘raqo‘rg‘onda 150 ta, Uychida 100 ta oilalarga 0,01gadan tashkil etilishi belgilangan issiqxonalarning qurilish ishlari bilan tanishdi.

photo_2020-04-01_08-40-27

Mehnat vaziri Pop tumanining “Birlashgan” va “Vodiy” mahalla fuqarolari yig‘inlari hududida band bo‘lmagan 100 nafar ishsiz fuqarolar uchun tashkil etilgan 1,2 gektarlik issiqxona bilan tanishdi va fuqarolar bilan uchrashib ularga Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va kelgusidagi amaliy yordamlar xususida ma'lumot berdi.

photo_2020-04-01_00-09-10

Bu kabi loyihalar viloyatning barcha tumanlarida kam ta'minlangan (kambag‘al), yosh oilalarga, chetga ketish istagida bo‘lgan mehnat migrantlariga va band bo‘lmagan fuqarolarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va tijorat banklarining “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasidagi kredit mablag‘lari hisobiga tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, N.Xusanov aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilayotgan jamoat ishlari bilan tanishdi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta'minlash maqsadida Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlarning oldini olish davrida jamoatchilik ishlari tashkil etilgan.

Jumladan, har bir mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan xalq posbonlari blok postlariga sobiq ichki ishlar organlari, xarbiydan bo‘shatilganlar, joylarda patronaj ishlarini olib borish uchun ishsiz hamshiralar, tibbiyot kolleji bitiruvchilari, dezinfeksiyalash ishlariga ish o‘rinlari qisqartirilgan SES xodimlari, ijtimoiy ob'ektlar qurilishi ishlariga “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida va obodonlashtirish ishlariga ishsizlar jalb etilgan.