Viloyatlarda istiqomat qiluvchi band bo‘lmagan aholi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashilmoqda

17.06.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov 2021 yil
14-iyun kuni Izboskan tumanidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Urganji” MFYga tashrif buyurdi.
“Urganji” MFYda 12 ta ko‘chalarda 3 ming 54 nafar fuqarolar istiqomot qilib kelmokda.


Ma’lumot uchun; Ayollar daftariga 31 nafar, Yoshlar daftariga 27 nafar hamda Temir daftarga 29 nafar fuqarolar kiritilgan. (1-iyun holatiga 100% fuqarolarga tegishli yordamlar ko‘rsatilgan).
“Urganji” MFYda istiqomat qilib kelayotgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarini bandligi ta’minlash maqsadida MFY hududida parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha kooperativ tashkil qilinib, 150 tadan ziyod xonadonlarning har biriga 50 donadan qora tovuqlar tarqatildi.
Kooperativga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi xisobidan 735 mln.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib berildi.


Bundan tashqari, “Beshterak” MFYda yashovchi ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini oshirishi uchun 50 ta oilalarga 325 mln.so‘m subsidiya ajratish asosida har bir oilalarga 1 sotixdan issiqxonalar qurib berilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi. Berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Beshterak” MFY ma’sul xodimlari bilan birgalikda oilalarning ro‘yxatlari shakllantirilb issiqxonalar qurish ishlari boshladi.
Shuningdek, tumandagi “Gudur” MFYda savatchilik va “Botirobod” MFYda gulchilik asosida kooperativlar tashkil etilib, ushbu tashkil etilgan kooperativlarda
100 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning bandligini ta’minlashga erishiladi.


“Urganji” maxalla fuqarolar yig‘inida xorijda ishlab qaytgan hamda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Andijon viloyati filiali xodimlari xamda agentlik bilan kelishuv asosida fuqarolarni xorijda ish bilan ta’minlayotgan OOO “Agrokombinat Yujniy” korxonasining vakillari ishtirok etishdi.
Suhbatda ishtirok etgan 25 nafardan ortiq fuqarolarga agentlik xodimlari hamda ish beruvchining vakili tomonidan OOO “Agrokombinat Yujniy” korxonasidagi shart-sharoitlar, oylik maoshlari xamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha to‘liq tushuncha va ma’lumotlar berib o‘tildi.
Suhbat ishtirokchilariga OOO “Agrokombinat Yujniy” korxonasiga hozirda 100 nafardan ortiq dehkonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar zarurligi shu bilan birga yuqoridagi korxonada ishlash istagini bildirgan fuqarolarga, yo‘l xarajatlari, Rossiya Federasiyasida ishlash xuquqini beradigan hujjat (patent)ni rasmiylashtirish xarajatlari keyinchalik ish xaqidan uzish sharti bilan ish beruvchi tomonidan qoplanishi fuqarolarga tushuntirildi. Bundan tashqari fuqarolarimiz bepul yotoqxona xamda bir mahal issik ovqat bilan ish beruvchi tomonidan ta’minlanishi xam aytib o‘tildi.