"VI-Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumi" o‘tkazilmoqda
#Xalqaro_Forum
Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilayotgan mazkur forumda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilaridan iborat Ishchi guruh ishtirok etmoqda.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov bugungi kunda O‘zbekiston mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
➡️ Shu o‘rinda, forum komissiyasi a’zolari O‘zbekistonda pilot loyihasi doirasida tashkiliy tarzda tanlovlar o‘tkazilayotganini va Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun fuqarolarni yuborish yaxshi yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi. Ishchi guruh Markaziy Osiyoda migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassislarni tayorlash yagona "Xab markazi"ni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha taklif berdi.