Vazirning birinchi o‘rinbosari To‘raqo‘rg‘on tumanida
Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlar va hunarmandlar bilan muloqotda bo‘ldi.
Suhbat davomida turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar murojaati tinglandi. Xususan, “Runamteks” korxonasi rahbari Mahfuza Gyumyush hozirgi kunda 600 dan ziyod ishchilari borligi, biroq chok mashinalarga ehtiyoji mavjudligini, “Dukat” mahallasida yashovchi Dilshoda Yusufjonova yorituvchi sun’iy gullar yasayotgani, bu hunarga mahalladosh qizlarni ham o‘rgatmoqchiligini, faqat aylanma mablag‘ zarurligini, quramalik Gulhayo Po‘latova 18 kishini ish bilan ta’minlagani, ularning safida hatto nogironligi bo‘la turib ajoyib mahsulotlar tikayotgan qiz ham borligi, yana 20 ta shogird chiqarishga harakatdaligini aytib, ayrim masalalarda ko‘mak so‘rashdi.
Uchrashuv so‘ngida Erkin Muhitdinov ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, o’z mulohaza va takliflarini bildirdi.