Vazirning birinchi o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasida

11.01.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror yuzasidan joylarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Undagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasida vazirning birinchi o’rinbosari Erkin Muxitdinov rahbarligidagi ishchi guruh o‘rganish ishlarini olib bordi.

Dastlab, Nukus shahar “Ishga marhamat” Monomarkazidagi dars jarayonlari tahlil etildi. Markazdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslarini tashkil etish, kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashni rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ikkinchi manzil Xo’jayli tumanidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi ikkita tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

➡️ Ma’lumot o‘rnida: Ishchi guruh 20-yanvarga qadar faoliyatini davom ettiradi.