Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy viloyati Navbahor tumanida
Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligida Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi mahallalarning “o’sish nuqtasi” o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida:
-“Ko‘xron” mahallasidagi 12 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari;
-“Guliston” MFYda yashovchi suv tanqisligi sababli tomorqasidan foydalanilmay kelayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 65 ta xonadonga subsidiya asosida sug'orish vositasi o'rnatib berildi;
-“Yangi hayot” mahallasidagi 51 ta xonadonda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida drayver ko'cha tashkil etildi.
Shuningdek, “Xashman”, “Vomita” va “Armijon” mahallalaridagi ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashilib, hunarmandchilik yo'nalishida 37 nafar fuqarolar uchun o'qish jarayonlari boshlandi.