Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Farg‘ona viloyati Furqat tumani aholisi bilan muloqot qildi
26.08.2021
Sayyor qabulda fuqarolarning ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, nogiron shaxslarga yordam ko’rsatish, kasbga o’qitish kabi murojaatlari tinglandi.
Qabul so’ngida Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda Furqat tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyatiga bir hafta muddatda amaliy yordam ko‘rsatish topshirig’i berildi.