Vazirning birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab “Navqiron” MFYdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha muammo va takliflar o‘rganildi.
Shuningdek, tumandagi “Otajonov” dehqon xo‘jaligi hududidan ishsiz fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun yer berish, ularni ko‘chat va urug‘ bilan ta’minlash, bundan tashqari, issiqxona tashkil etish maqsadida subsidiya ajratilishiga kelishib olindi.