VАZIRLIKNING MАRKАZIY АPPАRАT XODIMLАRI TIBBIY KO‘RIKDАN O‘TKАZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta‘minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashining 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan joriy yilning 13 noyabr‘ kuni vazirlik tizimi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish bilan bir qatorda ularni sog‘ va salomat bo‘lishlariga e‘tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir. Mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish ishni samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. Tibbiy ko‘rik doirasida xodimlar kardiolog, terapevt, nevropotolog, endokrinolog, pul‘monolog, stomotolog, ginekolog, otoloringolog kabi mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tdilar. Shuningdek, qon tahlili, ul‘trotovush diagnostikasi kabi tekshiruvlar ham o‘tkazildi.