Vazirlikda Sankt-Peterburg hukumati Mehnat va aholi bandligi qo’mitasi vakillari bilan uchrashuv
Vazir Nozim Xusanov Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg hukumati Mehnat va aholi bandligi qo’mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi hududlari hamda Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati o’rtasida tashqi mehnat migratsiyasi, savdo-iqtsodiy va gumanitar sohalarda hamkorlik o‘rnatish, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatiga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish, Sankt-Peterburg shahrining yetakchi o’rta maxsus ta`lim muassasalari hamda vazirlik huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari bilan kasbga tayyorlash borasida qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so'ngida Sankt-Peterburg hukumati Mehnat va aholi bandligi qo’mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hamkorlik borasidagi “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, kelgusi yil uchun rejalar belgilashga kelishib olindi.