Vazirlikda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi
06.01.2021
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari komissiyasi tomonidan e’lon qilingan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol vazirlik/davlat muassasasi, tashkilot va idoralar” nominasiyasida ishtirok etish maqsadida hujjat topshirgan edi. Vazirlik tizimida ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining komissiya a’zolari tashrif buyurdilar.
|