Vazirlik xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi har bir xodimning o‘z ishini mas’uliyat bilan bajarishini ta’minlash maqsadida vazirlik xodimlarining malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Bugun, markaziy apparat, shuningdek viloyatlar Bosh boshqarmalari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tasarrufdagi tashkilotlar ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun va mohiyati bo‘yicha vazirlik boshqarma boshlig‘i F.Mamarasulovning taqdimoti tinglandi. Shuningdek, ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, savol-javoblar o‘tkazildi.