Vazirlik tashabbusi bilan Xo‘jaqo‘rg‘on hududida tashkil etilgan tikuv korxonasida 250 nafar ayol ish bilan ta'minlandi

08.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Xo‘jaqo‘rg‘on hududida “Buka Mega Lux” MChJ tikuv-trikotaj korxonasini tashkil etdi.

2019-yil 8-iyun Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov hamda tuman mas'ullari ishtirokida ushbu korxonaning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Xo‘jaqo‘rg‘on hududida hozirda 4500 ga yaqin aholi istiqomat qilib, ularning qariyb yarmini ayollar tashkil etadi. Mehnatga layoqatli 719 nafar xotin-qizdan 318 nafari ishsiz hisoblanar edi. “Buka Mega Lux” MChJ korxonasining ishga tushirilishi bilan esa Xo‘jaqo‘rg‘on hududidagi 250 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

“Buka Mega Lux” MChJ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi ta'sischiligida qurib bitkazilib, korxonada joriy yil yakuniga qadar 7 mlrd so‘m miqdoridagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

IMG_3240

IMG_3200

IMG_3247

IMG_3259

IMG_3188