Vazirlik mutasaddilari Xorazmda
29.07.2021
Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov ishtirokida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir, Shovot, Xiva, Bog‘ot, Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlarida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda ishga joylashtirish, subsidiya ajratish, imtiyozli kredit olish, kasbga o‘qitish, jamoat ishlariga jalb qilish hamda ijtimoiy nafaqa olish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul so‘ngida tegishli tuman ABKM rahbarlariga topshiriqlar berildi hamda murojaatlar bajarilishini nazorat qilishni viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga topshirildi.
Shuningdek, Urganch shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.