Vazirlik mutasaddilari Xorazm viloyatida kasbiy malaka va bilimlarini rivojlantirish kengashi bilan onlayn muloqot o‘tkazishdi.

18.08.2022

Vazirlik mutasaddilari Xorazm viloyatida Prezidentining 2022-yil 15 -iyundagi "Aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat hokimligi huzuridagi kasbiy malaka va bilimlarini rivojlantirish kengashi bilan onlayn muloqot o‘tkazishdi. Unda, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga yo‘naltirish, zarur shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari atroflicha tahlil etildi.