Vazirlik mutasaddilari Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida

11.10.2021

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov boshchiligida Sirdaryo viloyati Guliston tumani “Sohilobod”, “Terakzor”, “Boyovut” MFYdagi 70 nafardan ortiq ko‘ngilli terimchilar bilan suhbat o‘tkazilib, o‘z mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida mehnat shartnomalari tuzgan holda paxta terimida ishtirok etishlari takidlab o‘tildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, ilg‘or terimchilarga vazirlik nomidan sovg‘alar ulashildi.