Vazirlik markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov e'lon qilindi

22.02.2021

#e’lon

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlikning markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:


- Matbuot kotibi–axborot siyosati masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi


Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan (http://vacancy.argos.uz/) ro‘yxatdan o‘tishlari, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar qabul qilish 2021 yil 22 fevraldan 3 martgacha davom etadi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish muddati o‘tganidan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaziy apparatida mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimidagi vakant lavozim va unga qo‘yilgan minimal talablar

Vakant lavozim

Nomzodga qo‘yilgan talablar

Oylik maoshi

Matbuot kotibi–axborot siyosati masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi

Ø    jurnalistika sohasida oliy ma’lumotga ega;

Ø    davlat boshqaruv organi yoki tashkilotlarida jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yillik ish staji bo‘lgan;

Ø    o‘zbek va rus tilida mukammal ish yurita oladigan, qo‘shimcha tarzda xorijiy tillarni bilish qo‘llab-quvvatlanadi;

Ø    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada biladigan, jumladan Microsoft Word, Exel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;

Ø    Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali axborot taqdim eta oladigan va munosabat bildira oladigan;

Ø    Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil eta oladigan hamda mamlakatimizda bandlik sohasida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, uni amalga oshira oladigan;

Ø     Vazirlik ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash hamda o‘z bilim darajasini va saviyasini muntazam ravishda takomillashtirib borish.

izoh: lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)

Qonun hujjatlarida lavozimga tayinlashda nomzodni tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishish lozimligi belgilangan bo‘lsa, tegishli hujjatlarini vazirlik yoki idoraga kelishish uchun yuborishi lozim hamda ijobiy javob olingandan so‘ng belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuziladi.