Vazirlik jamoasi Abdulxay Saidovning oila-a’zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi!
17.02.2022
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faxriy xodimi Abdulxay Saidov bugun 83 yoshida olamdan o‘tdi.
Abdulxay Abdulxakovich ilk ish faoliyatini 1962-yilda Andijon tikuvchilik fabrikasi texnologi sifatida boshlagan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi 30 yillik faoliyati davomida esa o’z vazifasiga mas’uliyat ila yondashishi, bag’rikengligi, samimiyligi bilan yoshlarga o’rnak bo’lgan.
Vazirlik jamoasi marhumning oila-a’zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi!
Abdulxay otaning oxirati obod bo’lsin!