Vazir Shayxontohur tumanidagi ishlar bilan tanishdi

22.04.2021

#Mahallabay_samarali_tizim

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda:

Bugun vazir Nozim Xusanov “Sarxumdon” MFYda joylashgan hozirgi kunda ishlamayotgan (faoliyati to'xtagan) 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi “Shodlik” MFYda qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida vazirlik tomonidan mahalla ahli uchun yangidan ta’mirlab berilgan, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan “Mahalla guzari” ko‘zdan kechirildi va qilinayotgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.