Vazir Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida

15.04.2021

Mazkur markaz 6 turdagi bandlik xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.

Monomarkazda ishsizlarni 19 ta kasblar (8 ta xizmat ko‘rsatish, 6 ta texnik, 3 ta agrotexnologiya va 2 ta raqamli texnologiya sohasi kasblari), 3 ta xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi. O‘rtacha yillik quvvati 1 650 o‘quvchi/o‘rin bo‘lib, kasblarning murakkablik darajasi asosida ishlab chiqiladigan o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qitish davri o‘rtacha 2-6 oyni tashkil etadi.

Monomarkaz ishsiz fuqarolar murojati bo‘yicha ularni ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish, migrasiya xizmati, malakani baholash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Nozim Baxtiyorovich Xusanov "Ishga marhamat" monomarkazidagi so‘ngi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Ushbu monomarkazda:

1. Servis va xizmat ko‘rsatish sohasi: (7 ta kasb)
- Neyl-stilist (manikyur, pedikyur);
- Kosmetolog;
- Uqalovchi (kattalar va bolalar uchun);
- Ayollar sartaroshi+vizajist;
- Erkaklar sartaroshi;
- Tikuvchi (dizayner+modelyer, bichuvchi, tikuvchi);
- Ketring xizmati (oshpaz+qandolatchi, servis xizmati ofisiant+batler);

  1. Texnik sohasi: (8 ta kasb)
    - Santexnik;
    - Elektrik;
    - Maishiy uy ro‘zg‘or elektrotexnik buyumlarni ta’mirlash ustasi;
    - Payvandlovchi (elektr, gaz alangasida, yarimavtomat (kempi), argon);
    - Avtoservis xizmat ko‘rsatish (motorist+xodovщik, avtoelektrik);
    - Haydovchilik guvohnomasi berish (B - kategoriya);
    - Haydovchilik guvohnomasi berish (B, C - kategoriya);
    - Kran mashinisti;
  2. Qishloq xo‘jaligi sohasi: (3 ta kasb)
    - Issiqxona (montaj+texnologiya);
    - Gidroponika texnologiyasi;
    - Manzarali (dekorativ) va mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish;
  1. Xorijiy tillarni o‘rgatish kursi
    - Rus tili;
    - Ingliz tili;
    - Yapon tili;
    - 1S buxgalteriya;
  1. Raqamli texnologiyalarni o‘rgatish masxsus kursi:
    - Kompyuter dizayn dasturlari arxitektura proyekt dasturlari (3D max, Autocad) Dasturchi;
  2. Tadbirkorlik asoslarini o‘qitish kursi.
  1. Migratsiya ko‘niktirish markazlari -tashkil etiladi.