Vazir Qoraqalpog‘istonda

17.09.2021

Nozim Xusanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «PANAEV FARMS» fermer xo‘jaligida ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Fermer xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, xususan, ko‘p sut beruvchi naslli qora mol, echki hamda quyon yetishtirish va bularga zamonaviy texnologiyalar asosida ozuqa mahsulotlarini yetishtiriladi.
(Ma’lumot o‘rnida u yerda hozirda 72 ta xodim:muhandis-texnik –10 kishi, ishchilar – 62 kishi faoliyat olib boradi. Fermer xo‘jaligi tomonidan oxirgi uch yilda 9 884,8 mlrd. so‘mlik, 1365,5 tn. mahsulot ishlab chiqarilgan.)

Uchrashuvda chorvachilik sohasida zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni (veterinar, zootexnik, ozuqa tayyorlash bo‘yicha mutaxassis agronomlar) tayyorlashda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, vazirlik tomonidan Germaniya va Turkiya davlatlaridan malakali mutaxassislar jalb qilinib, “Ishga marhamat” monomarkazida veterinariya sohasida malakali mutaxassislarni nazariy o‘qitib, amaliyotini «PANAEV FARMS» fermer xo‘jaligida olib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.