Vazir Qashqadaryoda

07.12.2021
Qashqadaryo viloyatida bo'lib turgan  Nozim Xusanov Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda ishtirok etdi.
 
Tadbirda vazir Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida "hokim yordamchilari" va Markazlar xodimlarining shtat birliklari - mos ravishda mahalla  fuqarolar yig'ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari, tuman (shahar) bandlikka ko'maklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etilayotganligini qayd etib o'tdi.