Vazir Qarshi shahar “Ishga marhamat”monomarkazida

10.02.2022

Nozim Xusanov eshitish qobiliyatida nuqsoni bor tikuvchilar guruhining o‘qish va amaliyot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hozirda markazda 11 nafar nogironligi bo'lgan fuqarolar kasbga o'qitilyapti.

➡️ Ma'lumot o'rnida: Oldingi xabarlarimizda nogironligi bo'lgan fuqarolar viloyat monomarkazlarida mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirilib, o'qishga taklif qilingan edi. Bugun guruhlar tashkil etilib, amalda o'quvchilar uchun dars jarayonlari boshlandi.

Markazda 20 yillik tajribaga ega turkiyalik mutaxassis Serdar Buyurgan “Qandolatchilik” yo‘nalishida mahorat darsi o‘tib bormoqda.