Vazir o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonda

11.06.2021

Vazir o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonda

10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan “Dinur Jobs” MChJ kasb-hunarga o‘qitish markaziga bordi va o‘quv markazda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Ayni kunlarda markazda 470 nafar fuqaro tahsil olayotgan bo‘lib, shulardan 170 nafari "Yoshlar", 87 nafari "Ayollar" daftarida ro‘yxatda turadi.

Shuningdek, yaqin kunlarda ish boshlashi kutilayotgan yangi Monomarkazda ham bo‘ldi.