Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov Sirdaryo viloyatida

06.09.2021

Bugun vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov 2021- yil paxta yig‘im-terimida qatnashadigan ko‘ngilli hasharchilar uchun Sirdaryo viloyati Sayxunobod va Boyovut tumanlarida tashkil etilgan “Hasharchilar shaharchasi”da yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Birgina Boyovut tumanida joriy yil paxta yig‘im-terimi mavsumida 11 mingga yaqin terimchi qatnashishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2 ming 400 nafari qo‘shni viloyatlardan jalb qilinishi inobatga olinib, sig‘imi 70 dan 220 nafargacha bo‘lgan jami 19 ta yotoq joylari tayyorlanmoqda.

Shu o‘rinda, eslatib o‘tish joizki, yollanma terimchilarga terim uchun pullar qo‘lda terilgan har 1 kg paxta xomashyosiga birinchi terimda - 1200 so‘m, ikkinchi terimda - 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Paxta terimida qatnashish hamda qo‘shimcha daromad olishni maqsad qilgan fuqarolarimiz hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilishlari hamda vazirlikning @terimuzbot telegram kanali, www.terim.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham yaratilgan. Shuningdek, paxta davrida yollanma terimchilar hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki fermer xo‘jaligi o‘rtasida fuqarolik huquqiy shartnoma yoki mehnat shartnomasi tuzilishi kerak.

Mamlakatimizning bir qator hududlarida, jumladan, Jizzaх, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ishchi kuchi kam bo‘lgan hududlariga terimchilarni qo‘shimcha jalb qilish maqsadida qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga 230 so‘mdan (birinchi terim uchun 1430, ikkinchi terim uchun 1730 so‘m) ustama haq qo‘shimcha rag‘bat sifatida to‘lanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yetishtirilgan paxta xomashyosini o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida o‘zlariga biriktirilgan hududlarda paxta xomashyosini qo‘lda terib olish uchun mehnat haqini tavsiya etilayotgan narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil belgilashi mumkin.

Paxta terimida qatnashish hamda qo‘shimcha daromad olishni maqsad qilgan fuqarolarimiz hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilishlari hamda vazirlikning @terimuzbot telegram kanali, www.terim.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Paxta davrida yollanma terimchilar hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki fermer xo‘jaligi o‘rtasida fuqarolik huquqiy shartnoma yoki mehnat shartnomasi tuzilishi kerak.

Joriy yilgi paxta yig‘im-terimi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan davlat nazorati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati, shu bilan birga, har bir hudud bo‘yicha senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari, blogerlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, hududlarda doimiy monitoringlar olib boriladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lgan fuqarolarimizdan, shu bilan birga mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini so‘raydi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.