VAZIR O’RINBOSARI BOSHCHILIGIDAGI VAZIRLIK DELEGATSIYASI ITALIYADA…
Italiyaning Turin shahrida Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ta’lim Jamg‘armasining
“Markaziy Osiyodagi iqtidorli yoshlar uchun harakat va muloqot” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yuqori darajali guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy Osiyo ta’lim va mehnat vaziri o’rinbosarlari qatorida Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri o’rinbosari Ra’no Turdiboyeva hamda vazirlik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi Yevropaning eng ilg‘or texnika universitetlaridan biri bo‘lgan Turin politexnika ( Politecnico di Torino) universiteti faoliyati bilan tanishdi.
Universitet rektori Gvido Sarako bilan bo’lib o’tgan suhbatda mazkur o’quv maskanining Toshkent shahri filialidagi bitiruvchilarni bandligini ta’minlash bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan takliflar berildi.
Ma’lumot uchun: Poytaxtimizdagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.