Vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov Navoiy viloyati Nurota tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
24.10.2019
Sayyor qabulning navbatdagisi Navoiy viloyati Nurota tumanida o‘tkazildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzakov nurotaliklarning muammolariga quloq soldi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 34 nafar fuqarolarning aksariyati ayollar va yoshlar bo‘ldi. Yakunda 18 nafar murojaatchiga doimiy ish uchun yullanma berildi, 7 nafar ayolga subsidiya olish tavsiya qilindi, 4 nafar ayolga o‘qishga, 3 nafar fuqaro esa jamoat ishlariga jalb kilindi.
Yana bir yaxshi xabar, bugun Navoiy viloyatining Nurota tumanida aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binosining ochilish marosimi ham o‘tkazildi.