Vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov buxorolik yoshlar bilan uchrashdi

07.01.2021

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Prezident Murojaatnomasi hamda “Yoshlar forumi”da belgilab bergan vazifalar ijrosi yuzasidan yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzakov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Rustamov va bir qancha tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida tumandagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama etilib, yoshlar fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, muloqot chog‘ida 4 nafar yosh ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lsa, 6 nafari kredit, 2 nafari subsidiya, yana 2 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yer maydoni ajratish, qolaversa, 1 nafar yosh o‘qishni tiklash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi va bu bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Qorovulbozor tumanida 2021 yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi.