Vazir Nozim Xusanov Yaponiyaning JIC Holdings kompaniyasi raxbari Tezuka Norio bilan muzokara o‘tkazdi.
Yaponiya tarafi mamlakatda qurilish, qishloq xo‘jaligi, qariyalarni parvarishlash, mehmonxona xizmati sohalarida ishlash uchun 2000 ta bo‘sh ish o‘rni borligini ta’kidladi. Tezuka Norio yuqoridagi ishlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ma’lumot uchun:
Inson resurslarini rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega JIC Holdings kompaniyasi xozirgi kunda Vetnam, Tayvan, Fillipin, Mongoliya, Miyanma, Indoneziya kabi davlatlardan 50 ming nafar texnik malaka oshiruvchilarni Yaponiyada ish bilan ta’minlab kelmoqda.
Yaponiyada ishlash uchun asosiy talab Yapon tilini dastlabki darajasiga ega bo'lish. Xozirgi kunda JIC Holdings kompaniyasi qariyalarni parvarishlash sohasiga 15 nafar enegalarni ish bilan ta’minladi. Ular ishga marhamat monomarkazlardagi Yapon tili kurslarida tahsil oldilar.