Vazir Nozim Xusanov Yaponiyaning "Green box" kompaniyasi direktori Fujii Yoriko bilan uchrashdi.
23.08.2022
Vazir Nozim Xusanov Yaponiyaning "Green box" kompaniyasi direktori Fujii Yoriko bilan uchrashdi.
Unda o‘zbek migrantlarini Yaponiyada ishga joylashtirish, ularga huquqiy, amaliy yordam berish, O‘zbekistonda kompaniya filialini ochish hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: "Green box" kompaniyasi xorijiy fuqarolarga Yaponiyada ish topish bilan bir qatorda mehnat faoliyatini o‘zgartirishdagi huquqiy masalalar, xususan mehnat shartnomalarining tuzilishi va undagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bilan shug‘ullanadi.