Vazir Nozim Xusanov va 2022-yil paxta mavsumini monitoring qilib boradigan Milliy ekspertlar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

12.09.2022

Xabaringiz bor 2022- yilning eng katta voqealaridan biri "Cotton Campaign" xalqaro koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykot to‘xtatilgani bo'ldi.


Bundan buyon majburiy mehnat nazorati "Milliy ekspert"lar tomonidan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan huquq faollari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazir Nozim Xusanov ishtirok etdi.

Tadbirda paxta dalalarida erkin monitoring olib borish huquqini beruvchi "Milliy ekspert" ruhsatnomalari o'z egalariga topshirildi.