Vazir Nozim Xusanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Mahallabay” ishlash tizimini ko‘zdan kechirdi

11.03.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishsiz aholini kasbga o`qitish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O`rganishlar jarayonida tadbirkor A.Mirsodiqovga qarashli 300 ga yaqin ish o`rniga ega “RASULOV” MChJdagi yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, kerakli tushuncha va maslahatlar berildi.

Shuningdek, yaqin kelajakda korxonada subsidiyalar orqali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilishga kelishib olindi.