Vazir Nozim Xusanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida olib borilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi
10.03.2021
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab “Jambul” MFYdagi “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muammo va takliflar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida 3 ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan suhbat olib borilib, ularning xonadonida mavjud tomorqasiga issiqxona qurib berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.