Vazir Nozim Xusanov Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi zamonaviy yengil konstruksiyali issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi

07.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Moliya vazirining o‘rinbosari J.Abruyev, Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va Bulung‘ur tumani hokimi bilan birgalikda "Qo‘ng‘irot" MFYdagi aholi bandligi sohasida qilingan bir qancha ishlar bilan tanishib, mahalladagi ishsiz va muhtoj oilalar uchun subsidiya asosida qurilgan 72 ta zamonaviy yengil konstruksiyali issiqxonalarni joyida ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, vazir Nozim Xusanov "Qo‘ng‘irot" MFY faollari bilan ham suhbat o‘tkazib, mahallada bandlik darajasi va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni bandligini ta’minlash masalasida alohida manzilli ishlarni olib borish zarurligini ta’kidladi va bu borada mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.