Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati Uychi tumanida amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan yaqindan tanishdi

14.02.2021

O‘rganishlar davomida tumandagi “Gulbog‘” MFYdagi 1-sonli kasb-hunar maktabi qoshida tashkil etilgan “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati ko'zdan kechirildi. Hozirda u yerga 12 ta yo‘nalishda 110 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilingan bo‘lib, shundan tikuvchilik yo‘nalishida 15 nafar, elektromontyor - 34 nafar, oshpaz-qandolatchilik-26 nafar, kompyuter grafikasi-15 nafar, payvandlovchi-10 nafar, buxgalteriyada-10 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Keyingi manzil esa “Do‘stlik” MFYdagi “ASMUS GOLD MEGA TEXTIL” ishlab chiqarish kooperativida davom etdi. Ma’lumot o‘rnida keltirish joizki, ushbu kooperativga tumandagi 50 nafar ishsiz xotin-qizlar ulushdor bo‘lishi uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 111.5 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.

Shuningdek, kelgusida yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida kooperativga tumandagi 1 va 2-sonli kasb-hunar maktablaridan bo‘sh xonalar ajratilishi va subsidiya berilishi to‘g‘risida ko‘rsatma va takliflar berildi.