Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi bir qator muassasalarni ko‘zdan kechirdi

15.02.2021

Dastlab To‘raqo‘rg‘on tuman “Yermasjid” MFYda yashovchi fuqaro I.Abduraxmonov xonadonidagi “Samandar Sardor parrandalari” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek,  parrandachilik yo‘nalishini rivojlantirish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan ishlab chiqarish kooperativi tashkil etish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

Navbatdagi manzil “Toshkent” MFYda joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabi bo‘lib, u yerda yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘rganildi. Bugungi kunda maktabda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha tikuvchilik, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, avtomobil elektr jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish chilangari, elektromontyor, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, sotuvchi nazoratchi-kassir va aloqa operatori yo‘nalishlarida 385 ta tinglovchi kasb-hunarga o‘qitib kelinmoqda.

Uchrashuv so’ngida esa maktab rahbariyatiga kelajakda o’quvchilarga qiziq bo’lgan sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik hamda tadbirkorlikka yo‘naltirilgan barcha o‘quv kurslarini tashkil qilishni rejalashtirilish taklifi kiritildi.