Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati Norin tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligida Namangan viloyati Norin tumanida «Mahallabay» ishlash tizimi bo'yicha tushuntirishlar o'tkizildi.
O'rganishlar davomida «Mahallabay» tizimiga doir, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalari yuzasidan vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari vazir N.Xusanov rahbarligidagi ishchi guruh «Qurama» MFYda istiqomat qiluvchi tadbirkor D.Mamatova, «Kattaoqtovliq» MFYda yashovchi tadbirkor Z.Mirzaaxmedov xonadonlariga ham borib, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish o‘rinlarini ko'paytirish bo'yicha kerakli tushuncha va maslahatlar berib o‘tildi.
Keyingi manzil esa tumandagi «Boyovul» MFY hududi bo'lib, u yerdagi limonariya va mandarin ko'chatlarini yetishtirish jarayoni bilan ham yaqindan tanishildi.