Vazir Nozim Xusanov Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

16.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5216-sonli qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklatilgan vazifalar hududlarda ijro etilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumanidagi 1-son Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun Nukus shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga ekskursiya tashkil etildi.

U yerda vazir Nozim Xusanov Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan ochiq muloqot qildi hamda yigit-qizlarni markazda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.