Vazir Nozim Xusanov Koson tumani hokim yordamchilari bilan uchrashuv o'tkazmoqda.

11.08.2022

Vazir Nozim Xusanov Koson tumani hokim yordamchilari bilan uchrashuv o'tkazmoqda.



Prezident qarori bilan shu yilning o‘zida Respublika bo‘yicha ishsiz fuqarolarga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun 80 ming gektar yer ajratilishi ko‘zda tutilgan.


Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 10 234 gektar yer ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda 7000 ming gektari taqsimlandi va ishsiz fuqarolar tomonidan dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi.


10-avgust holatiga ko‘ra 3400 gektar yer tanlov sifatida auksionga chiqarilgan biroq, fuqarolar tomonidan o‘zlashtirilmaganligi aniqlandi.


Birgina Koson tumani o‘zida auksionga qo‘yilgan 2100 gektar yer maydoniga qiziqish kuzatilmayapti. Ushbu muammolarni o'rganish maqsadida vazir Nozim Xusanov "Raim So'fi" MFY raisi va boshqa mutasaddilar bilan suhbat o'tkazmoqda.