Vazir Nozim Xusanov kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi

20.04.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri mas’ul mutasaddi vakillari bilan birgalikda Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini o‘rgandi.

Vazir topshirig‘iga asosan, markazni kapital ta’mirlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan smetaga muvofiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.

Uchrashuvda mazkur markaz kelajakda nafaqat shahar, balki yaqin tumanlar aholisiga ham xizmat ko‘rsatishi, ayniqsa, imkoniyati cheklangan aholi qatlamini ham kasb-hunarga o‘qitadigan maskanga aylantirish masalasiga urg‘u berildi.