Vazir Nozim Xusanov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha mahsus maslaxatchisi Andreas Shlyayxer bilan muzokaralar o‘tkazdi.

14.04.2022

Uchrashuvni ochar ekan, N.B.Xusanov PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Andras Shlyaxerga vazirlikka tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi.

O‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha dastlabki kelishuvga asosan PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Andras Shlyaxerga vazirlik rahbariyati tomonidan aholi bandligi va kasb-hunar ta’limi darajasini oshirishga xizmat qiluvchi tegishli shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Fuqarolarning respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarida joriy yil qariyb 110 mingga yaqin talabalar oqitilganligi takidlandi. Mazkur monomarkaz faoliyati ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich aholining ishsiz qatlamining bandligiga komaklashish maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish bo‘lsa 2-bosqichida monomarkaz  xodimlarining va talabalarining malaka va ko‘nikmalarini baholashdan iborat.

Bu borada bugungi kunda Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi xorijiy mamlakatlar baholash markazlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Kasb-hunarga o‘qitish va malakani baholash yuzasidan moliyaviy masalalar bo‘yicha Worldbank hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘lga qoyilgan.

Bundan tashqari N.B.Xusanov xorijdan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga tajriba almashish maqsadida taklif etish bilan birga ishchi kuchiga talab yuqori bo‘lgan davlatlarning buyurtmasiga muvofiq xorijiy davlatlarda hech qanday to‘siqlarsiz ishlashlari uchun kasb-hunarga o‘qitilgan mutaxassislarga Turkiya tomonidan Yevropa sertifikati berish boshlanganligini ta’kidladi.

PISA dasturi tashabbuskori va rahbari Andras Shlyaxer O‘zbekistonga tashrifidan mamnun ekanligini bildirgan holda, mazkur tashrif davomida juda katta o‘zgarishlar va islohotlar guvohi bolayotganligini bildirdi. PISA dasturi bilan yana bir bor tanishtirar ekan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Germaniya tajribasidan kelib chiqqan holda bir nechta takliflar kiritdi. PISA dasturi taraqqiyot cho‘qqisida ekanligini hisobga olgan holda yana bir yangi dastur  PIAC - katta yoshdagi

(16 yoshdan 65 yoshgacha) mutaxassislarning malakasini baholash dasturi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu dasturning asosiy vazifasi organilgan malaka va ko‘nikmalarning emas balki uni qay darajada amaliyotda qo‘llay olish salohiyatini baholashga qaratilgan.

Uchrashuv so‘ngida N.B.Xusanov Andras Shlyaxer tomonidan kiritilgan takliflar yuzasidan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.