Vazir Nozim Xusanov Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputati, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Nils Annen bilan uchrashdi.

16.11.2022

Vazir Nozim Xusanov Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi deputati, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Nils Annen bilan uchrashdi.



Unda O‘zbekistondagi ishsiz fuqarolarni nemis tili va turli kasblarga o‘qitish, Germaniyada dual taʼlim yo‘nalishida bir vaqtning o‘zida o‘qib hamda ishlash uchun yuborish, shuningdek O‘zbekistonda xususiy sheriklik asosida kollej ochish, nemis mutaxassislarni olib kelish hamda xalqaro sertifikat beradigan malakani baholash markazlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Nozim Xusanov - "Ishsiz fuqarolarni turli kasblarga o‘qitish tizimini boshlaganimizga 3 yil bo‘ldi. Yurtimizda professional taʼlim sohasini rivojlantirish uchun Janubiy Koreya, Turkiya va albatta Germaniya tajribasini o‘rganib uni tatbiq etishni maqsad qilganmiz."