Vazir Nozim Xusanov Chiroqchi tumanidagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi

15.03.2022

Bugun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tuman hokimligida hokim yordamchilari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar haqida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning bartaraf etish yo‘llari va aholi o‘rtasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.