Vazir Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya “Chet ellik texnik stajyorlar malakasini oshirish tashkiloti” (OTIT) rahbariyati bilan muzokara o'kazishdi.
Yaponiya. Tokio. 14.10.2022 14:35 (Tokio vaqti bilan) Navbatdagi uchrashuv
Vazir Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muxsinxo'ja Abduraxmonov Yaponiyaning “Chet ellik texnik stajyorlar malakasini oshirish tashkiloti” (OTIT) rahbariyati bilan muzokara o'kazishdi. Unda OTIT tashkiloti bilan o‘zbekistonlik texnik stajyorlarini keng ko‘lamda jalb qilish va kunchiqar mamlakatdagi mehnat migrantlarimizni xuquqiy, ijtimoyi himoyasi masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Ma'lumot uchun: OTIT texnik stajyorlarning tajriba, bilim va ko‘nikmalarni egallashiga qo‘maklashish doirasida 2800 dan ziyod ish beruvchi assotsiatsiya va 60 000 ish beruvchilar faoliyatini nazorat qiladi.