Vazir Bo‘ka tumanida

17.07.2021

Nozim Xusanov Bo‘ka tumani "Kattaravot" mahallasi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati bilan tanishdi.

 Ma’lumot o‘rnida: ishchi guruhning asosiy vazifasi — har bir xonadonning oilaviy-mulkiy ahvoli, yashash sharoiti hamda ishsizlik darajasini aniqlashdan iborat.

Xususan, o‘z xonadonida sutni qayta ishlashni tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkor "Yo‘ldoshev Abdujalil" korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Tadbirkor hozirgi kunda 6 turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.