Vazir Behzod Musayev AQSh elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

28.02.2023

Vazir Behzod Musayev AQSh elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilgan islohotlarni amalga oshirish, jumladan, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

AQSH elchisi paxta sanoatida majburiy va bolalar mehnatiga barham berish borasida erishilgan yutuqlarni yuqori baholadi.
Bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘zbek paxtasining 2022-yilda AQSH Mehnat vazirligi tomonidan “Majburiy va bolalar mehnati bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati (https://mehnat.uz/oz/news/aqsh-mehnat-vazirligi-ozbek-paxtasini-majburiy-mehnat-orqali-ishlab-chiqarilgan-tovarlar-royxatidan-chiqardi)”dan chiqarilishiga xizmat qildi.

Ijobiy tajribani hisobga olgan holda, tomonlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, masalan, ipakchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham monitoring o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishning qo‘shimcha jihatlari sifatida kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qabul qiluvchi davlat normalariga muvofiq tartibga solinadigan mavsumiy mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalari belgilandi.