Vazir Behzod Musaev UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade bilan uchrashdi.
14.02.2023
Mazkur uchrashuvda bolalar ijtimoiy himoyasini rejalashtirish va har tomonlama ta'minlash, mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish, “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulini takomillashtirish hamda ko‘p qirrali kambag‘allik milliy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va undan O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda faol foydalanish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.